O'zbekiston va Xitoy: siyosat, savdo va madaniyat sohalaridagi o'zaro aloqalar

11-12 may kunlari tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Siani shahrida bo'lib o'tadigan "Xitoy - Markaziy Osiyo" vazirlarning ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi. Mazkur tadbirda Turkmaniston, Xitoy, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ham ishtirok etishadi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" birinchi vazirlar uchrashuvi o'tgan yilning 16 iyulida onlayn formatda bo'lib o'tgan edi.

Uchrashuv davomida kun tartibi loyihalari, bo'lajak vazirlar yig'ilishining dasturiy va yakuniy hujjatlari, tadbirning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko'rib chiqildi.

Tomonlar siyosiy o'zaro ishonch, o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, transport aloqasini rivojlantirish va uzluksiz savdoni ta'minlash, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va zamonaviy chaqiriqlar hamda tahdidlarga qarshi kurashish uchun aloqalarni chuqurlashtirish sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Bundan tashqari, vazir Abdulaziz Komilov V Xalqaro "Ipak yo'li" EKSPO tadbirining ochilish marosimida nutq so'zlaydi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boradi.