O'zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar Kengashining birinchi мajlisi

Kelgusi hafta boshida O'zbekiston – Vengriya ishbilarmonlar Kengashining birinchi мajlisi bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ishtirok etadi. Dastur moderatori O'zbekiston Respublikasi SSP raisi Akram Ikromov bo'ladi.  

Shuningdek, tadbirda Vengriya savdo-sanoat palatasi prezidenti Laslo Parraga,  "OTR Bank" boshqaruv raisi o'rinbosari, O'zbekiston - Vengriya  biznes  kengashining Vengriya  tomonidan  hamraisi  Laslo  Wolf,   Vengriya SSPning xalqaro tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha rais o'rinbosari Andras Revo, Vengriyaning O'zbekiston Respublikasidagi  Favqulodda  va muxtor  elchisi  Piter  Santo, Vengriya  eksport-import banki  direktori o'rinbosari  Robert  Grijlov kabi mehmonlar so'zga chiqadilar. 

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi  davlat  delegatsiyasining  Budapestga  tashrifi  doirasida  ikki  mamlakatning  biznes aloqalarini kengaytirish bo'yicha qo'shma ishbilarmonlar kengashining  tashkil etilishi  to'g'risidagi  bitim imzolandi.

O'zbekiston - Vengriya  biznes  kengashi  ikki mamlakat  ishbilarmon doiralari  hamkorligini yanada  kengaytirish uchun platforma bo'lishi kutilmoqda.