O'zbekiston yoshlari uchun Prezident granti joriy etildi

Prezidentimizning qabul qilingan farmoniga binoan, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to'plagan 200 nafar bakalavrlar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
Muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da’vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi. Bunda talabaga Prezident granti uchun belgilangan stipendiya ikkinchi kursning o‘quv yili boshidan oyma-oy to‘lanadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu farmon yosh avlodni yanada koʻproq bilim olishga undaydi. Prezident grantini olishga harakat qilgan har bir kishi bilimga intiladi. Shu tariqa, O'zbekistonda yuqori malakali mutaxassislar soni sezilarli darajada ko'payadi.






