O'zbekiston – Belorusiya: ko'p qirrali hamkorlik

Joriy yilning 24-avgust kuni hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Leonid Zayats bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligining joriy holati muhokama qilindi.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Belorussiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning bo‘lajak 9-yig‘ilishi doirasida yirik kelishuvlarga erishishdan o‘zaro manfaatdorligini bildirdilar. Bu, o‘z navbatida, savdo-iqtisodiy hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, transport, taʼlim, ilmiy-texnik faoliyat, madaniy-gumanitar hamkorlik va turizm sohalaridagi o‘zaro munosabatlarni kengaytirishga imkon beradi.
Joriy yil boshidan buyon oziq-ovqat mahsulotlari, rangli metalllar, to‘qimachilik, kimyo va neft mahsulotlari, yog‘och va qora metalllar o‘zaro yetkazib berish hisobiga tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga o‘sib, 250 million dollardan oshdi.
Yetkazilayotgan tovarlar nomenklaturasini yana-da kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida tomonlar qo‘shma "Yo‘l xaritasi"ni imzolashga qaror qildilar va ikki mamlakat hududida savdo-logistika markazlarini, savdo uylarini va ular qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan «shov-room»larni tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldilar.






