O'zbekistonda 2023-yildan «aqlli» suv hisoblagichlar o'rnatila boshlaydi

Hukumat qaroriga asosan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs va tadbirkorlar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi belgilangan.
Shu bilan birga, tadbirkorlarga yengillik yaratish maqsadida, suv hisoblagichlarini o‘rnatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha (1,2 mln so'm) soliq imtiyozlari beriladi.
2024-yil 1-yanvardan ushbu hisoblagichlarni o‘rnatmagan iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshirilishi ma’lum qilindi.






