O'zbekistonda aqlli turizm texnologiyalari joriy qilinmoqda

Turizm va madaniy meros vazirligi Fransiyaning jahonga mashhur Orpheo kompaniyasi bilan hamkorlikda 2022-yil avgust oyida PWA innovatsion mahsuloti – “Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentning diqqatga sazovor joylariga raqamli audio qo‘llanma” Progressive Web App ilovasini joriy etish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Qo‘llanmaning o‘ziga xos xususiyati kirish osonligidadir. Ilovani istalgan mobil brauzer orqali URL manzilini kiritish yoki QR kodni skanerlash orqali ochish mumkin. App Store yoki Google Playdan yuklab olish shart emas.

Kontent keshlangan ma'lumotlarni yuklash orqali bir zumda ko‘rinadi. Bu esa sayohatni boshlashdan oldin kutish uchun vaqt sarflashga zarurat qoldirmaydi. Ilova uni har ochganda yangilanadi. Bu esa eng so’nggi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Brauzerda media fayllarni saqlash optimallashtirilgan. Ma'lumotlar keshga yuklanadi, shuning uchun mavjud kontent miqdori cheklanmaydi.

Shuningdek, PWA qidiruv tizimi xuddi an'anaviy veb-sayt kabi ishlaydi (Google algoritmi PWA qidiruv tizimini yuqori baholagan) va foydalanuvchilar uning qisqa URL manzilini boshqalarga osonlik bilan tarqatishlari mumkin.

Samarqandda ShHT sammiti ochilishi arafasida Samarqandning diqqatga sazovor joylariga rus va ingliz tillarida raqamli audiogidning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Ilovani Turizm va madaniy meros vazirligining veb-saytida, barcha madaniy va tarixiy obyektlarda (QR kodlari orqali), shuningdek, Orpheo kompaniyasi veb-saytida topishingiz mumkin.