O'zbekistonda ayrim yerlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov undirilmaydi

O'zbekistonda dehqon xo'jaliklariga berilgan yerlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun to'lov undirilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram kanalida ma‘lum qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ko'chmas mulk ob‘ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibiga o'zgartirishlar kiritildi.

Unga ko'ra, dehqon xo'jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va davlat reestridan ko'chirmalar berish bo'yicha to'lov undirilmaydi.