O'zbekistonda birinchi marta AI-98 ishlab chiqarish boshlandi

Yuqori oktanli AI–98 markali avtomobil benzini ishlab chiqarish Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilmoqda,-deydi "O'zbekneftgaz" matbuot xizmati rahbari Siyovush Xashimov.
AI-98 markali avtomobil benzini ishlab chiqarishga O'zDSt 3031:2015 "Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar" standarti talablariga muvofiq sertifikat berildi. Bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 19 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
qayd etilishicha, 2021-yilning ikkinchi yarmi oxirigacha 14,9 ming tonna Yevro-4 va 11,4 ming tonna Yevro-5 dizel yoqilg'isi ishlab chiqarish hamda Uzbekneftegaz GTL sintetik kerosinini saqlash uchun 5 ming kub metr hajmdagi ikki sig'im qurilishi yakunlanishi rejalashtirilgan.






