Oʼzbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyiladi

Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʼladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish majmuasi quriladi.

Qayd etilishicha, chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt boʼlgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Loyiha Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida 55 mln dollar miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya mablagʼlari hisobiga amalga oshiriladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat Oʼzbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona boʼlgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʼladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stantsiyasi tashkil etiladi.