O'zbekistonda daraxt va butalarni kesish to'g'risidagi qonun qayta ko'rib chiqildi

Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda daraxtlar kesilishi haqida ma’lumot berdi.
Yig'ilishda, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar jarimani to‘lagan holda yana shu kabi noqonuniy ishlarni davom ettirayotgani tanqid ostiga olindi. Shu munosabat bilan, daraxtlarni kesish uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi.
-Odamlar jarima to‘lab, yana daraxt kesish davom ettiryapti. Shuning uchun Qo‘mitaning mazkur yo‘nalishdagi yangi takliflari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti. Bu ishlarni uzoqqa cho‘zish kerak emas. Chunki bir daraxtni ekib, katta qilguncha bitta avlod ulg‘ayadi. U o‘zidan qachon kislorod chiqartirib, atrofga soya-salqinlik berganiga qadar ko‘p vaqt o‘tadi.
Daraxtlar ayovsiz kesilishi davom etar ekan, tizimda shaffoflik ta’minlanmas ekan, hududlarning obodligi va odamlarni rozi qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shu bois, mutasaddi vazirlik-idoralar, hududiy tuzilmalardan mazkur masalalarda javobgarlikni keskin kuchaytirish, jazo muqarrarligini ta’minlash talab etiladi, - dedi Tanzila Narbaeva.
Ta'kidlash joizki, O'zbekistonda daraxtni kesishga moratoriy 2021-yilning oxirigacha uzaytirildi. Bu davrda qonunchilikni takomillashtirish, mexanizmlarni qayta ko'rib chiqish, jamoatchilik bilan aloqalarni o'rnatish va ishlarni tartibga solish rejalashtirilgan edi. Moratoriy tugashiga 6 oy qoldi, lekin hozirgi kunda hech narsa tayyor emas.






