O'zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish rejasi ishlab chiqilgan

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda “Demonopalizatsiya va davlat mulkini xususiylashtirish masalalari” bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida statistik ma'lumotlar keltirildi. Masalan, 2020 yil oktyabridan qabul qilingan qonun yuzasidan 556 ta davlat aktivlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va xususiy sektorga sotilishi bilan ularning operatsion samaradorligi korporativ boshqaruvni joriy etish orqali oshirish belgilangan. Shuningdek, 2020-yil fevral oyida Prezident qabul qilgan farmoniga muvofiq, 29 ta yirik davlat aktivlarini sotish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 2021 yildan 2025 yilgacha davlat mulkini xususiylashtirish rejasi ishlab chiqildi. Xususan, davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2021 yilda 30 foizga, 2023 yilda 65 foizga va 2025 yilda 75 foizga qisqarishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlash joizki, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk rolini yanada mustahkamlash.