O’zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida 47 ta talabalar turar joylari barpo etiladi

Ta’kidlanishicha, hozirda qo’shimcha 132 ming o’rinli talabalar turar joyiga talab mavjud.

Mazkur ehtiyojni bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorga muvofiq 2022-2025-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 85 ta oliy ta’lim muassasalarida 91,2 ming o’rinli 228 ta talabalar turar joylari barpo etish belgilandi.

Shundan, 2022-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 18,8 ming o’rinli 47 ta talabalar turar joylari barpo etiladi.