O‘zbekistonda Diplomatik Akademiya tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Oliy diplomatiya maktabi negizida Diplomatik akademiya tashkil etiladi.
Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga nomzodlarni tayyorlash tartibi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida diplomatik lavozimlarga nomzodlarni tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan.
Kadrlar zaxirasiga saralanganlar Tashqi ishlar vazirligining buyrug‘i bilan quyidagi lavozimlarga tayinlanish uchun Akademiyaga yuboriladi:
- O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi;
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;
- Bosh konsul, konsul;
- Мaslahatchi-vakil, maslahatchi (shu jumladan savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha), birinchi kotib, ikkinchi kotib, uchinchi kotib, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi xalqaro vakolatxonalari huzuridagi vakolatxonalardagi attashe.
Oʻquv kurslari anʼanaviy va masofaviy taʼlim boʻyicha oʻtkaziladi.






