O'zbekistonda emlash: tez-tez beriladigan savollarga javoblar

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Nurmat Otabekov O'zbekistondagi vaksinalar turlari, to'liq emlanish jarayoni va vaksinalarni nojo'ya ta'sirlari haqida gapirib berdi.
Nurmat Otabekov O'zbekistonda 3 turdagi vaktsinalar mavjudligini ta'kidladi, xususan: Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasi, "Astrazeneka vaksinasi" hamda O'zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina.
"Sputnik V" vaksinasi 21 kun oralatib 2 marotaba emlanadi. "Astrazeneka vaktsinasi" ham 2 marotaba, lekin 28 oralatib emlanadi. O'zbek-xitoy vaksinasi har 1 oyda 3 marotaba emlanish tatbiq etilgan.
Nurmat Otabekov "Vaksina olgan odamda koronavirusga qarshi immunitet qachon shakllantiriladi?" degan savolga quyidagicha javob berdi:
"Emlangan odamda immunitet bir kunda emas, balki oxirgi emlash kursidan 1,5-2 oy o'tgach shakllanadi", - deya javob berdi koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi.
Nurmat Otabekov emlashning nojo'ya ta'siri haqida ham gapirib berdi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, vaksinani olgan odam boshqa kasalliklarga chalinishi mumkin.
-Vaksinalar yagona oqsil bo'lganlari uchun ularga nisbatan nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin. 3 turdagi vaksinalar rekombinant hisoblanadi, shu sababli bu vaksinalarga nisbatan odamning oraganizmi har xil bo'ladi. Xususan, emlangan odamda tana harorati ko'tarilishi, toshma va emlash joyida og'riq paydo bo'lishi mumkin.






