Kaspars Gerxards Latviyadagi fermerlarni qo'llab-quvvatlash markazlari haqida so'zlab berdi

15-iyul kuni O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayevning Latviya dehqonchilik vaziri Kaspars Gerxards bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti rivojlanishi kutilmoqda: joriy yilning 6 oyi davomida Latviya bozoriga 1,5 million dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘p - 800 ming dollar).

Jamshid Xodjaev Latviyaning qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi haqida so'zlab berdi.

-Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish birinchi planga chiqmoqda va ushbu nuqtai nazardan, O‘zbekistoning texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish, sertifikatlash tizimlarini shakllantirish, shuningdek o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash Latviyaning "Sertifikatlash va sinov markazi"ning faol ishtirokiga e’tibor qaratmoqchiman, - ta'kidladi Jamshid Xodjayev.

Shuningdek, O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri bosqichma-bosqich O‘zbekistonning barcha hududlarida barpo etiladigan, "yagona darcha" tamoyili asosida fermerlarga ixtisoslashgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi noyob agromarkazlar haqida so‘zlab berdi.

Agromarkazlarning asosiy maqsadi fermerlar qog‘ozbozliklarga chalg‘imasliklari uchun ularga ko‘mak va yordam ko‘rsatish.