O'zbekistonda Internet tezligi 1,5 barobarga oshdi

Ookla kompaniyasining Speedtest.net ma'lumotlariga ko'ra 2021 yil aprel oyi yakuniga qadar O'zbekiston yana mobil va simli Internet tezligi oshganini ko'rsatdi, deya xabar beradi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot markazi.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda Internet tezligi 2020 yil aprel oyida 25,82 Mbit/s dan, 2021 yil aprel oyida 39,2 Mbit/S (Download) gacha ya'ni 51,8% ga o'sdi. Bu ko'rsatgich 2019-yilning mart oyida 11,62 Mbit/S ni tashkil etgan edi.

Shuningdek, O'zbekiston mobil Internet tezligi ham ijobiy o'zgarishlar ko'rsatdi. 2020 yil aprel oyida 9,68 Mbit/S.Mbit/s. dan 2021 yil aprel oyida 17,28 Mbit/S (Download) gacha ko'tarilganini ko'rishimiz mumkin.