O'zbekistonda Internetdan foydalanish ko’lamini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida, 25,9 mln. dollar miqdorida zarur uskunalarni sotib olish uchun loyiha yo'naltirilgan.

Hukumat "O'zbektelekom" AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo'yicha loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini tasdiqladi.

Amerikaning Winncom Technologies Corp kompaniyasi loyihani amalga oshirish bo'yicha tenderda g'olib bo'ldi. Loyihaning umumiy qiymati 25,9 million dollarga baholanmoqda

Mablag'larni quyidagilarga yo'naltirish rejalashtirilgan:

- "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining BNG va DPI o'tkazuvchanligini oshirish uchun 4,97 mln. dollar miqdoridagi uskunalar sotib olish;

- ma'lumotlar uzatish tarmog'ining o'tkazuvchanligini 4,99 mln. dollarlik miqdorda kengaytirish;

- "O'zbektelekom" xalqaro paketli kommutatsiyaning o'tkazuvchanligini 4,99 mln. dollarlik miqdorda kengaytirish;

- xizmatlar ko'rsatishni kengaytirish uchun 4,99 mln. dollarlik uskunalar sotib olish.

Hujjatga muvofiq, asosiy moliyalashtirish asosiy manbalari Aloqabank krediti (19,95 mln. dollar) va "O'zbektelekom" ning o'z mablag'lari (5,97 mln. dollar) bo'ladi. Kredit 5 yillik muddatga 7 foiz stavka bilan 2 yillik imtiyozli davr bilan berildi.

Bank kreditini qoplash uchun xarajatlar va unga hisoblangan foizlar "O'zbektelekom" hisobidan amalga oshiriladi.