O'zbekistonda IT sohasini o‘rganish uchun 19,5mln. so'mgacha ta’lim krediti beriladi

Hukumatning bugungi sana bilan qabul qilingan tegishli qarori bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, ta’lim krediti:
— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so‘m) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.






