O’zbekistonda ko’p kvartirali uylarning zilzilabardoshligi tekshiriladi

2023-yil 1-avgustgacha seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.
Respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Xatlov natijasiga koʻra ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladi.






