O'zbekistonda OTMda o'qish uchun kreditlar joriy etilmoqda

2021/2022 o'quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14%) ta'lim kreditini ajratadi. Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Moliya vazirligi huzurida ta'lim kreditlarini moliyalashtirish jamg'armasi tuzilmoqda. 2021 yilda unga davlat byudjetidan kamida 1 trillion so'm miqdorida mablag' ajratiladi.






