O'zbekistonda qishki sport maktabi faoliyati yo’lga qo’yiladi

“Qishki sport turlari boʼyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Hukumat qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʼquv yilidan oʼz faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.
Qishki sport turlari boʼyicha oʼquv-mashq yigʼinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari boʼyicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir.
Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan oʼquvchilarning doimiy mashgʼulot oʼtkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega boʼlishi lozim.
P.S. Qishki sport turlari boʼyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022-yil 1-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.






