O'zbekistonda qiymati 2 000 (ikki ming) so'm va 20 000 (yigirma ming) so'm bo'lgan banknotlar chiqarish boshlanadi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki yaqinda qiymati 2 000 so'm va 20 000 so'm bo'lgan banknot ishlab chiqarishni boshlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan yangi banknotlar namunalari va dizaynlarini tasdiqlash to'g'risida Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida gi Qonunining 40-moddasiga muvofiq pul belgilarining namunalari, shuningdek ularning dizayni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu banknotlarning tavsifi va dizayni Markaziy bank tomonidan tegishli tartibda e'lon qilindi
.