O'zbekistonda sanoat haftaligi

Navbatdagi hamkorlik bo'yicha uchrashuv Rossiya Federatsiyasining "Innooprom" xalqaro ko'rgazma loyihasining mintaqaviy vakili hamda «Bright Uzbekistan» jamoasi o'rtasida bo'lib o'tdi.

"Innooprom" - Rossiyada 2010-yildan beri o'tkaziladigan xalqaro sanoat ko'rgazmasi bo’lib, bu yil "Innooprom: O'zbekistonda yirik sanoat haftaligi" nomi ostida 11- ko’rgazma O'zbekiston poytaxtida joylashgan "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazma majmuasida bo'lib o'tadi.

Ta'kidlanishicha, ko’rgazmada Rossiya va o'zbekistonlik davlat idoralari hamda soha vakillaridan tashqari qo'shimcha ravishda Yevropa va Osiyo kompaniyalari vakillari ham ishtirok etadi. "Innooprom" doirasida kompaniyalar o’rtasida B2B uchrashuvlar, ikki mamlakatning hukumat rahbarlari, shuningdek, Toshkent universitetlari talabalari uchun o'quv-malaka dasturlarini taqdim etish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda «Bright Uzbekistan» xalqaro loyihasining barcha axborot platformalarida bo’lib o’tadigan tadbirni yoritish masalalari hamda kelgusidagi qo'shma loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.