O'zbekistonda Savdo-sanoat palatasining navbatdagi Qurultoyi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 16-iyun kuni Savdo-sanoat palatasining navbatdagi Qurultoyi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda 297 nafat delegatlar, vazirliklar xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Yuqoridagi aytib o'tilgan Qurultoy Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva kirish so'zi bilan ochildi. Senat Raisi o'z nutqida respublikamizda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli chora-tadbirlar, sohada yaratilgan shart-sharoitlar hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-xarakatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator ishlar olib borildi. Xususan, tadbirkorlik sohasiga oid 3300 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqildi va baholandi. Bundan tashqari, barcha tuman va shaharlarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 206 ta tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash markazi tashkil etildi.

Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda O'zbekistonda tadbirkorlikka alohida e'tibor berilmoqda va bu borada juda ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, mamlakatimiz Prezidentining farmoyishiga binoan Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetining Toshkent filialida "xalqaro biznes va tadbirkorlik" va "elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish" yo'nalishlari bo'yicha kadrlar toyyorlash ishlari boshlab yuborildi.