O'zbekistonda savodxonlik darajasi 2021 yilda 99,99% ga yetdi

YUNESKOning rasmiy saytida "Xalqaro savodxonlik kuni va YUNESKO tomonidan O'zbekiston hukumatining ta'lim olish imkoniyatlarini birinchi o'ringa qo'yish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash" mavzusida maqola chop etildi.

Maqolada, 1967 yildan boshlab, butun dunyo bo'ylab har yili xalqaro savodxonlik kuni - jamoatchilikni savodxonlikning qadr-qimmati va inson huquqlari masalasi sifatida muhimligini eslatib turadi, shuningdek, savodxonlik kun tartibini yanada savodli va barqaror jamiyatni yaratish uchun targ'ib qiladi. Bu yil [alqaro savodxonlik kuni "Inson taraqqiyoti uchun savodxonlik: raqamli davrdan ortda qolishni qisqartirish" shiori ostida o'tkaziladi.

O'zbekistonda 2021 yilda savodxonlik darajasi 99,99% ga yetdi. Ushbu umumjahon savodxonlik darajasiga erishishda, shubhasiz, Respublika hukumati va ta'lim sohasi xodimlarining mehnatsevarligi, fidoyiligi va sadoqati eng yuqori ko'rsatkichdir, deya qayd etadi Internet-Portal.

Prezidentimiz rahnamoligida maktabgacha ta'lim muassasalari sonini to'rt barobar oshirish, natijada aholining jadal o'sishiga qaramasdan, maktabgacha ta'lim 2017-yilda 24% dan 2021-yilda 62% gacha kengaytirish. shuningdek bu jarayonga xususiy sektorni jalb qilish kerakligi maqolada qayd etilgan.