Oʼzbekistonda sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin

Oʼzgidromet tezkor axborot eʼlon qildi. Unga koʼra, joriy yilning 14-18-fevral kunlari Oʼzbekiston hududi boʼyicha yogʼingarchilik kuzatiladi, 14-16-fevral kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, 14-18 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yogʼingarchilik sababli, respublikaning togʼ oldi va togʼli hududlarida, jumladan: Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan, Fargʼona, Аndijon va Toshkent viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Bundan tashqari, e’lon orqali togʼ oldi va togʼli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʼli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʼrishlari so’ralgan.






