O'zbekistonda senatorlar soni 100 tadan 65 taga kamaytiriladi

O'zbekistonda senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga o‘zgarmoqda. Bunda Senatni shakllantirishning amaldagi tartibi saqlanib qolinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ma'lum qilidi.

Qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mas’ul qo‘mitalar tomonidan ekspert, mutaxassis, olim va siyosatchilar ishtirokida qayta tahrir qilish hamda takomilga yetkazish maqsadida 12 marotaba moddama-modda o‘qishdan o‘tkazildi. Umumxalq muhokamasi davomida qariyb 40 marotaba mas’ul qo‘mitalarning majlislari o‘tkazildi.

«Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlashi, shuningdek, OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mustahkamlab qo‘yiladi», - deya ma'lum qildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Konstitutsiyaviy komissiya a'zosi Jahongir Shirinov.