O'zbekistonda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

Mamlakatimiz rahbarining farmoniga binoan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
Institut sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021-yil 1-sentabrdan amalga oshiradi.
➖ davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi beriladi;
➖ iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat beriladi;
➖ nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy qilinadi;
➖ 2022 yil 1 martdan aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish va axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.
Shuningdek, sohada kadrlarni tayyorlash OTMlarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, kamida 6 oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu institut sudlarning vazifalarini yechishga qaratilgan. Sud eksperti tibbiyot sohasidagi ma'lum bilimlarga asoslangan ob'yektlarni tekshiradi. O'tkazilgan tadqiqotlardan so'ng ekspert tergov materiallariga ilova qilingan holda yozma ravishda xulosa chiqaradi.






