O'zbekistonda sun'iy o'pka shamollatish apparati ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi

16-mart kuni Rossiya-Slovakiya-O'zbekistoning Chirana Asia korxonasi yiliga 500 ta  sun'iy o'pka shamollatish apparatining ishlab chiqarilishini yo'lga qo'ydi.

Rasmiy marosimda Slovakiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligining davlat kotibi Ingrid Brotskova, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasining O'zbekistondagi elchisi Vladimir Turdeneyev kirish nutqi bilan chiqish qildilar. Tadbirda Slovakiyaning O'zbekistondagi elchisi Yan Bori, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Xabibulla Oqilov va boshqalar ishtirok etishdi.
Loyihaning umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etib, 100 dan ortiq ish o'rinlari yaratiladi. Birinchi bosqichda allaqachon 2 million dollar sarmoya kiritildi va sun'iy o'pka shamollatish apparatlarini yig'ish sexi ishga tushirildi, 25 ish o'rni yaratildi. Hozirda ishlab chiqarishni 1000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov "Pandemiya boshlanishi bilan zamonaviy texnologiyalarga ehtiyoj ortdi", deb aytib o'tdi. Innovatsion rivojlanish vazirligining davlat organi vazifalaridan biri bu innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishdir. Ushbu loyiha ustida bir yil oldin ish boshlagan edik. Bu yerda nafaqat ishlab chiqarish amalga oshiriladi, balki mutaxassislarni tayyorlash ham tashkil etiladi.