O'zbekistonda Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha kotibiyat tashkil etildi

Ushbu kotibiyat Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo'linmasi bo'lib Bosh vazir tomonidan boshqariladi.

Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha kotibiyat, birinchi navbatda, turistik mahsulotlar va xizmatlarni diversifikatsiya qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va turizm faoliyati sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish uchun tashkil etildi.

Aytish kerakki, kotibiyatning asosiy maqsadi mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdir.