O'zbekistonda Turkiya Bosh Ombudsmani bilan uchrashuv o'tkazildi

18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Turkiya Bosh Ombudsmani Sherif Malkoch bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Sh. Malkoch va A. Saidov ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Sh.Malkoch Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar haqida so‘z yuritar ekan, xalqlarimizning tili, madaniyati va dini bir ekanini ta’kidladi. Hamda Bosh Ombudsman noyabr oyida tashkil etiladigan Markaziy Osiyo mamlakatlarining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari kengashida ishtirok etish taklifini minnatdorlik bilan qabul qildi.

Shuni eslatib o‘tish kerakki, so'nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik doirasida O'zbekiston-Turkiya munosabatlari izchil tarzda rivojlanib borayapti.