O'zbekistonda yuridik fanni rivojlantirish va qonun ijodkorligini takomillashtirish yo’lida

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "O'zbekistonda yuridik fanni rivojlantirish va qonun ijodkorligini takomillashtirish" mavzusida ilmiy-amaliy xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Konferensiyada Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, mas'ul vazirlik va idoralar vakillari, olimlar va tadqiqotchilar, milliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Muxbirimiz ta'kidlaganidek, uchrashuv davomida qonunchilik atamalarining izohli lug'atini ishlab chiqish, 2021-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasida yuridik fan va qonun ijodkorligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” kabi muhim mavzular ko'tarildi.

Ta'kidlanganidek, ushbu tavsiyalarning amalda joriy etilishi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholining yuridik atamalarda mavjud ehtiyojlarini qondirish, aholiga qonunlar, me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ommaviy axborot vositalarida qo'llaniladigan yuridik atamalarni tushunarli, sodda tilda yetkazishga yordam beradi, shuningdek, yuridik atamalarga bag'ishlangan dasturlar yaratadi, ilmiy va ommabop adabiyotni rivojlantiradi.