"O'zbekistondagi islohotlar jarayoni aloqalarimizni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratmoqda" - Sharl Mishel

Davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning so'zlariga ko'ra, Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'llagan.

-Mamlakatingiz va mintaqangiz COVID-19 inqirozi va uning oqibatlari tufayli duch kelayotgan muammolarga qaramasdan, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni umumiy qadriyatlarga asoslangan aloqalarimizni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratmoqda. Yurtingizda qonun ustuvorligini mustahkamlashga, inson huquqlari va asosiy erkinlik aspektlarini ta'minlashga bo'lgan harakatlarni barqarorlik va farovonlikning asosiy elementlari sifatida qabul qilamiz. Yevropa Ittifoqi O'zbekiston Respublikasi bilan yaqin muloqotni davom ettirishga qat'iy qaror qilganini yana bir bor tasdiqlashga ijozat bergaysiz. Biz o'zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadigan yangi kengaytirilgan hamkorlik shartnomasi bo'yicha kelgusi muzokaralar jarayonini yakunlashdan manfaatdormiz", dedi Evropa Ittifoqi rahbari.

Mishelning ta]kidlashicha, YeIning yangi moliyaviy qo'llanmalar bo'yicha 2021-2027 yillarga mo'ljallangan yordam berish dasturini davom ettirish bo'yicha hamkorlikka tayyor ekanini ta'kidladi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi O'zbekistonning Afg'onistonni o'z ichiga olgan keng Markaziy Osiyoda hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlarini qat'iy qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha strategiyasi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qiladi.

"Men Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, elchi Piter Buriandan O'zbekistonga tashrifi chog'ida sizning hukumatingiz bilan mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorligimizni muhim sohalarda rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilishni so'radim. Men kelajakdagi shaxsiy aloqamizni orziqib kutaman, bu shubhasiz bizning hamkorligimizni yanada mustahkamlash bo'yicha takliflarni muhokama qilish imkoniyatini beradi", dedi Sharl Mishel.