O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola ko'rinishi namoyish etildi

Szilin universitetining bir guruh paleoantropologlari O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolasi ko‘rinishini namoyish etdi.
Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishidir.

Taxminan 300 ming - 40 ming yil oldin yashagan 8-9 yoshli neandertalga tegishli bo‘lgan toshga aylangan bosh suyagi 1938 yilda topilgan.

Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldig‘idir. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa ko‘chishini isbotlagan.

Mutaxassislarning fikricha, yangi rekonstruksiya nafaqat Yevroosiyo mintaqasidagi tarixdan oldingi odamlarning tashqi qiyofasini aniq ko‘rsatibgina qolmay, balki Markaziy Osiyodagi neandertallarning morfologik xususiyatlarini hamda ularning atrof-muhitga moslashuvini yanada o‘rganish va namoyish qilish uchun yangi g‘oyalarni ham beradi.