O'zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 2,5 million dollar ajratildi

USAID O'zbekistonga qo'shimcha 2,5 million dollar ajratdi, ular dori sifatini oshirishga texnik yordam ko'rsatishga, shuningdek, emlashga qarshi ishonchsizlik muammosini hal qilishga sarflanadi.

Shunday qilib, AQSh hukumatining "COVID-19" ga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga qo'shgan umumiy to'g'ridan-to'g'ri hissasi 16 million dollardan oshdi.

"O'zbekistonda to'liq emlangan insonlar soni tobora ortib bormoqda. Ammo pandemiya hali tugamadi-virus mamlakatda tarqalishda davom etmoqda va yangi variantlar global miqyosda doimiy tahdiddir. Pandemiyani tugatish har kimning xavfsizligini ta'minlash, hayotni saqlab qolish va global iqtisodiyotni tiklash uchun juda muhimdir", dedi USAIDning O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mikaela Meredith.