O'zbekistonlik bokschilar “Yelorda kubogi”da 16 ta medal qo'lga kiritishdi

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida boks bo‘yicha xalqaro "Yelorda kubogi" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan turnirda O’zbekiston vakillari 16 ta medal qo’lga kiritishda.
4-iyul kuni turnirning final bahslari bo‘lib o‘tdi. Murosasiz janglar yakunida Lazizbek Mullajonov hamda Nigina O‘ktamova oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.






