O‘zbekistonliklar Turkiyada 100 ta turar-joy konteynerlarini o‘rnatmoqda

Hatay viloyatining Antakya tumanida O‘zbekistondan har bir oilani sig‘dira oladigan 100 ta turar-joy konteyner konstruksiyalari o‘rnatilmoqda, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Modulli uylar Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016-yilda tashkil etilgan Seyhun ta’lim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida o‘rnatilmoqda.
Konteynerlarda umumiy maydoni 21 kv.m. oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Ular issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan va turli mavsumiy omillarga chidamli. Ularni o'rnatish 15 kishidan iborat jamoa tomonidan amalga oshirilmoqda.
«Ayni paytda 80 dan ortiq konteyner o‘rnatish uchun qurilish materiallari mavjud. Biz ularni o'rnatyapmiz. Konteynerlarimizning o‘ziga xos jihati shundaki, ular boltlar bilan mahkamlangan, ya’ni istalgan payt yig‘ilib, ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan», — deydi uyushma rahbari Tohir Abdulla.
Uning soʻzlariga koʻra, zilziladan keyingi ikkinchi kundan boshlab uyushma xodimlari Elbiston viloyatiga 17 kundan beri oziq-ovqat yordami koʻrsatib, har kuni 1000 kishini oziq-ovqat bilan taʼminlamoqda.






