Oʻzbekistonliklar “yulduzlar yomgʻiri”ni kuzatishi mumkin

Oʻzbekistonliklar 15-apreldan 29-aprelgacha Lirida meteorit oqimini kuzatishlari mumkin. Bu haqda NASA xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil hisobidan birinchi “yulduzlar yomgʻiri”, ilmiy tilda esa meteorit oqimi 15-apreldan boshlanadi. “Uchar yulduz”larni 29-aprelgacha tungi osmonda tomosha qilish mumkin, lekin avj pallasi 22-apreldan 23-aprelga oʻtar kechasi yuz beradi. Bu yil oqim soatiga 18 ta meteorit intensivligida roʻy berishi taxmin qilinmoqda.

Lirida meteorit oqimi odamlar tomonidan kuzatilgan eng qadimgi meteor yomg'irlaridan biridir. U 2700 yil davomida kuzatilgan. Mazkur hodisaning ilk marta qayd etilgani xitoyliklar tomonidan miloddan avvalgi 687-yilga toʻgʻri keladi.

Liridlarni Shimoliy yarim sharda quyosh botganda yoki tong otayotganda ko‘rish mumkin.