O‘zbekistonning 2022-yil IV choragida eng faol banklari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekistonning 29 ta tijorat banki uchun "Banklar faollik indeksi" yangilanib, choraklik reyting tuzildi.

To‘rtinchi chorak yakunlari bo‘yicha "Kapitalbank" O‘zbekistonning eng faol yirik banklari reytingida yana birinchi o‘rinni egallagan. "Hamkorbank" reytingda ikkinchi, "Azia Alyans bank" birinchi pog‘onani egallagan.

Qayd etilishicha, "Azia Alyans bank" likvidlik (1-o‘rin) va moliyaviy vositachilik (1-o‘rin) ko‘rsatkichlarini saqlab qoldi, aktivlar sifati ko‘rsatkichlarini ikki pog‘onaga yaxshilagan holda – 5-o‘ringa va boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlarini 3 pog‘onaga yaxshilab – 6-o‘ringa ko‘tardi.

Biroq, reyting natijalariga ko’ra, "Aziya Alyans bank" kapital yetarliligi ko‘rsatkichlari bo’yicha, so’nggi (17) pog’onada.

4-chorakda moliyaviy vositachilik ko‘rsatkichi bo‘yicha "O‘zmilliy bank" yirik banklar reytingida 17-o‘rinni saqlab qoldi, shuningdek, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Hamkorbank" 3 pog‘onaga, "Invest Finans bank" va "Agrobank" 2 pog‘onaga, "Xalq bank" 1 pog‘onaga pastladi.

Daromad olish salohiyati ko‘rsatkichi bo‘yicha reytingda "Asaka bank" eng pastki pog‘onani saqlab qoldi, "Xalq bank" 2 pog‘onaga, "Aloqa bank" va "Agrobank" 1 pog‘onaga tushgan.