O'zbekistonning aviatsiya sohasi transformatsiya qilinmoqda

Joriy yilning 19-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Uzbekistan airways» va «Uzbekistan airports» aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Prezidentga mahalliy aviakompaniyalarni transformatsiya qilishga qaratilgan asosiy loyihalar taqdim etildi. Kompaniya va uning tuzilmaviy tashkilotlarining tarkibini muvofiqlashtirish, foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni ajratish, aviachiptalarni sotish bo’yicha xorijiy agentlarning komissiyasini kamaytirish orqali «Uzbekistan airways» xarajatlarini 46,5 mln. dollarga  kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Yangi biznes strategiyasiga muvofiq, gibrid xizmat ko'rsatish modeliga o'tish rejalashtirilgan, unga ko'ra parvozlarning bir qismi to'liq xizmat ko'rsatish prinsipi asosida, qolgan qismi esa lou-kost prinsipiga muvofiq amalga oshiriladi. Talab katta bo'lmagan yo'nalishlarda biznes-klass bekor qilinadi, quyi sinfdagi o'rindiqlar esa ko’paytiriladi.

Joriy yilning uchinchi choragidan boshlab 4 ta Airbus A-320 samolyotida arzon parvozlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Uzoq masofali yo'nalishlarni rivojlantirish uchun 3 ta Airbus A321 NEO LR laynerlarini ijaraga berish, ichki reyslar sonini haftada 17 tadan 49 taga yetkazish rejalashtirilgan.

"Uzbekistan airports" aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida barcha 11 aeroportlarni yagona boshqaruv organining boshqaruviga birlashtirish taklif qilindi. Moliyaviy barqarorlikni oshirish maqsadida xalqaro tajribaga asoslanib, xarajatlarni 32 foizdan 15 foizgacha kamaytirish, xaridlarni muvofiqlashtirish, aeroportlar soliqlarini 27 foizga, shu jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari taqdimot bilan tanishib chiqqandan so’ng, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, yo’lovchilar oqimini va yuk tashishni ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Havo porti mamlakatning eng muhim qismidir. Aeroportlar va avialiniyalar faoliyatining yaxshi yo'lga qo'yilgan va samarali tizimi mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini oshiradi, shuningdek, savdo-sotiqni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.