O'zbekistonning fuqaroligini olish soddalashtirildi

2021 yil 14-iyun kuni OʻRQ-696-sonli "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida" gi qonunga o'zgartirishlar kiritildi, natijada O'zbekiston fuqaroligini olish soddalashtirildi.

Yangi qonunga binoan quyidagi shaxslar O'zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin:
* chet davlat fuqarosi bo'lmagan, 2005 yil 1 yanvargacha O'zbekistonda doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tgan, shuningdek respublikada kamida 15 yil doimiy yashagan shaxslar;
* ota-onalaridan biri O'zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O'zbekistonda yashab kelayotgan bola.

Shuni ta'kidlash joizki,yuqorida koʻrsatilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi ularni sud tartibida aniqlashi mumkin, deb xabar beradi norma.uz.