O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil qildi

Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Qayd etilishicha, zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 2,3 mlrd dollarga ortgan.

Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Dekabr oyida valyuta 1,7 mlrd dollarga ortgan (umumiy 11,6 mlrd dollar) bo’lsa, oltin 600 mln dollarga ko‘paygan (umumiy 22,46 mlrd dollar).

Ma’lum qilinishicha, o’tgan yilning dekabrida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ko‘paygan. Mamlakat zaxiralarida taxminan 395 tonna oltin bor. Ammo, manbaalarga ko’ra noyabr oyiga nisbatan 3 tonnaga kamaygan.