Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $1,6 mlrdga oshdi

Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd dollarga yetdi. Shundan eksport 5,7 mlrd dollar va import 9,1 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar-mart oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd dollarga yoki 11,9 foizga oshgan.
O‘zbekiston koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvarda 5 mlrd dollarni, fevralda qariyb 4 mlrd dollarni tashkil etgan edi.






