«O'zsanoatqurilishbank» qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozli shartlarda kreditlar taklif qilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 iyundagi "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha "O'zsanoatqurilishbank" qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozli shartlarda yangi kreditlar taklif qilmoqda.

Ushbu kreditlar Bankning yirik korporativ mijozlariga va "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi a'zolariga quyidagi maqsadlarda beriladi:
- uskunalar sotib olish, asosiy vositalar va qurilishga - 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;
- aylanma kapitalni to'ldirish uchun - 18 oygacha.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan kichik va o'rta biznes kreditdan quyidagi maqsadlarda foydalanishlari mumkin:
- uskunalar sotib olish, asosiy vositalar va qurilish ishlari uchun;
- aylanma kapitalni to'ldirish.

Bundan tashqari, hukumat tomonidan ixtisoslashtirilgan tumanlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun 400 milliard so'm, geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun 100 milliard so'm mablagʻ ajratiladi. Shuningdek, "Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi" O'zsanoatqurilishbankka qurilish materiallari sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 200 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratilishini ta'minlash vazifasi qo‘yildi.