Oʻsmirlarimiz Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 2-oʻrinni egallashdi

Ozarbayjonning Naxchivan shahrida 16 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi. Bahslarda ishtirok etgan Oʻzbekiston-1 terma jamoasi 9 tur yakuniga koʻra, ikkinchi oʻrinni egalladi.
Vakillarimiz musobaqa davomida 7 ta gʻalaba, 1 ta durang va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan holda, 15 ochko bilan, ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Birinchi oʻrinni 18 ochko jamgʻargan Turkiya vakillari band etishdi. Kuchli uchlikka esa Ozarbayjon-1 terma jamoasi (13 ochko) yakun yasadi.
Ushbu oʻsmirlar shaxmat Olimpiadasida qatnashgan Oʻzbekiston-2 terma jamoasi esa 11 ochko bilan 7-pogʻonani band etdi.






