Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilayotgan fuqarolar uchun keshbek tizimi joriy etiladi

Oʻzbekistonda 1-sentabrdan boshlab mamlakat boʻylab sayohat qilayotgan fuqarolarga keshbek tizimi joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan turizm sohasini yanada rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.
1-sentabrdan boshlab mamlakat boʻylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:
avia, temir yoʻl va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming soʻmgacha, temir yoʻl va avtobusga 100 ming soʻmgacha);
mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming soʻmgacha);
muzey va boshqa madaniy obyektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming soʻmgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, yig’ilishda bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qoʻshimcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.






