Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayoni jadallashtiriladi

Bu haqda Samarqandda bo'lib o'tayotgan Oʻzbekiston-Vengriya biznes-forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev maʼlum qildi.
“Islohotlarimizning keyingi ustuvor yoʻnalishlari bu:
qonun ustuvorligini taʼminlash;
sud-huquq tizimini yanada isloh kilish;
korrupsiyaga qarshi samarali kurashish;
bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish;
davlat ulushi mavjud boʻlgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish;
Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayonini jadallashtirib, uning toʻlaqonli aʼzosiga aylanish;
Shuningdek, energetika, transport, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni yanada kengaytiramiz”, — dedi Xodjayev.






