Oʼktam Pardayevich tavalludining 70 yilligiga bagʼishlangan xalqaro xotira anjumani o’tkazildi

Joriy yil 23–24-avgust kunlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlarini rivojlantirish bo‘yicha universitetlar konsorsiumi raisi, MDH davlatlarining yetakchi qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari rektorlari kengashining a’zosi, O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi raisi hamda iqtisodiyot fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering – CONMECHYDRO 2022” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, O'ktam Umurzakov - 1952-yil 20-avgust kuni tavallud topgan. Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor lavozimida faoliyat yuritgan.
1983-yilda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti laureati (fan va texnika sohasida), 2011-yilda "O'zbekiston mustaqilligining 20-yilligi" ko'krak nishoni, 2012-yilda "O'zbekiston suv xo'jaligi a'lochisi", 2016-yilda "O'zbekiston mustaqilligining 25-yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
Jamoat ishlarida faol, yuqori tashkilotchilik qobiliyatiga ega, nafaqat institut miqyosida, balki, vazirlik, idora va jamoat tashkilotlarida ham obro’-e'tiborga ega. 120 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi hisoblanadi.






