Oʼtgan yili yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga oʼsgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlashning yangi tizimini yoʼlga qoʼyish va aholi bandligini taʼminlash boʼyicha joriy yildagi ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tmoqda.
Davlatimiz rahbari faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash boshlangani natijasida, oʼtgan yili yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga oʼsganini qayd etdi.
Hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshladi. Oʼzini oʼzi band qilganlar soni 700 mingga koʼpayib, 1,2 millionga yetdi.
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali “temir daftar”dagi 583 ming ehtiyojmand oila doimiy daromad bilan taʼminlandi.
"2022 yilni “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qildik. Shu bois, bu yil barcha mahallalarda tub oʼzgarishlar yili boʼlishi kerak", deya qayd etdi Prezident.






