Oʼzbekiston 8 oyda xorijdan qancha avtomobilni import qilgani ma'lum bo‘ldi

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 22 davlatdan avtomobil import qilgan
Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʼzbekiston 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 316,6 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan qariyb 15 mingta yengil avtomobillar import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4350 taga kamaygan.






